Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 198²-modda

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, yaʼni qarzdorning daromadlari va mulkiy ahvoli haqida notoʻgʻri maʼlumotlar berganlik, ijro hujjatini yoʻqotganlik, undiruvni qarzdorning ish haqidan hamda unga tenglashtirilgan toʻlovlardan ushlab qolish uchun yuborilgan ijro hujjatlarini ijro etish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash tartibini buzganlik, shuningdek qarzdor oʻzining yangi ish, oʻqish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi haqida maʼlum qilmaganligi, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Qonunchilikda nazarda tutilgan yirik bitimlarni tuzishda, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlarini, xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlarini va davlat xizmatlarini koʻrsatishda ijro hujjatlari boʻyicha qarzdorlik mavjudligi tekshiruvini amalga oshirmaganlik, —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar ayrim toifadagi ijro hujjatlarining ijro etilishini taʼminlamaganlik, —

bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashish, yaʼni ijro hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilish yoki davlat ijrochisiga turli shaklda qonunga xilof ravishda taʼsir oʻtkazish —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.