Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 198¹-modda

Qarzdorning ijro hujjatini ijro etmasligi

Bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravariga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi summani undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatining mazkur hujjatni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmasligi —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan koʻp miqdordagi summani undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjatining ushbu hujjatning ixtiyoriy ravishda ijro etilishi uchun belgilangan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmasligi yoki qarzdorning zimmasiga muayyan harakatlarni bajarish yoxud bu harakatlarni bajarishdan oʻzini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatining davlat ijrochisi belgilagan muddatda qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmasligi —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaga asosan solinadigan maʼmuriy jarimaning summasi ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan oshishi mumkin emas.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.