Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 198⁹-modda

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining hamda uning hududiy boʻlinmalarining koʻrsatmalarini bajarmaslik

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasining hamda uning hududiy boʻlinmalarining koʻrsatmalarini bajarmaslik, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari, mansabdor shaxslarga esa besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.