Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 176-modda

Noqonuniy tadbirkorlik faoliyati

Tadbirkorlik faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtmasdan amalga oshirish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni koʻp miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran oʻttiz kun ichida soliqlar va yigʻimlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlagan va zarur boʻlgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan boʻlsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.