Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 196²-modda
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilarining oʻz xizmat burchini bajarishiga qarshilik koʻrsatish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisining oʻz xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq qonuniy talablarini bajarmaslikka omma oldida har qanday shaklda daʼvatlar qilish, xuddi shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilariga ommaviy ravishda boʻysunmaslikni keltirib chiqarish maqsadida bila turib soxta uydirmalarni tarqatish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish