Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 176⁴-modda
Taksilarni yagona tanish belgilari bilan jihozlashga doir talablarni buzish
Yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan yoki belgilangan talablar buzilgan holda jihozlangan taksilarni yoʻlga chiqarish, —
transport vositalarining texnik holati va ulardan foydalanish uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Belgilangan tartibda yagona tanish belgilari bilan toʻliq jihozlangan taksilarning haydovchilari tomonidan mazkur belgilardan qasddan foydalanmaslik yoki ular shikastlanganligiga qaramay yoʻlovchilarni tashish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish