Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 175¹-modda

Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish

Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni buxgalteriya hisobi subyektining va (yoki) buxgalteriya hisobi xizmatining rahbari tomonidan bajarmaganlik, shu jumladan buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlar maʼlumotlarining toʻgʻriligi hamda ishonchliligini taʼminlamaganlik, shuningdek aktivlar va majburiyatlarning inventarizatsiyasini oʻtkazmaganlik, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —

mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.