Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 134-modda

Haydovchilarning yoʻl harakati qoidalarini buzishi transport vositalarining yoki boshqa mol-mulkning shikastlanishiga olib kelishi

Transport vositalari haydovchilarining yoʻl harakati qoidalarini buzishi transport vositalari, yoʻl harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelsa, lekin ancha miqdorda moddiy zarar yetkazmasa, bundan yoʻl harakatini tartibga soluvchi vositalar yoki boshqa mol-mulk shikastlanishiga olib kelmagan yoʻl-transport hodisasi sodir etilganda yoʻl-transport hodisasida ishtirok etgan haydovchilar tomonidan yoʻl-transport hodisasi toʻgʻrisida xabarnoma tuzilgan hollar mustasno —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan toʻrt baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.