Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 128⁴-modda
Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan toʻxtash chizigʻini bosib kirishi va oʻtishi
Svetoforning taqiqlovchi signalida yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasida yoʻlning qatnov qismidagi yoʻl chiziqlari yoki yoʻl belgilari bilan belgilangan toʻxtash chizigʻini bosib kirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish