Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 128¹-modda
Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi
Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi (bundan telefondan quloqchinlar orqali va qoʻllarni ishlatmasdan turib soʻzlashuvlar olib borish imkoniyatini beradigan boshqa uskunalar orqali foydalanish mustasno), —
maʼmuriy ogohlantirishga yoki bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish