Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 59¹-modda

Hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavfli holatda boʻlgan shaxsga shoshilinch va (yoki) kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etish

Hayoti yoki sogʻligʻi uchun xavfli holatda boʻlgan shaxsga tibbiyot tashkilotlarida qonunga yoki maxsus qoidalarga muvofiq shoshilinch va (yoki) kechiktirib boʻlmaydigan tibbiy yordam koʻrsatishi kerak boʻlgan shaxs tomonidan shunday yordam koʻrsatishni asossiz ravishda rad etish —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —

fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.