Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 56³-modda

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, —

giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

Agar ushbu moddada nazarda tutilgan harakatlarni sodir etgan shaxs oʻz ixtiyori bilan aybini boʻyniga olish toʻgʻrisida hokimiyat organlariga arz qilsa va giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglari hisoblanmaydigan alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni topshirsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.