Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 56¹-modda

Jamoat joylarida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish

Ish joylarida, sogʻliqni saqlash, taʼlim, sport-sogʻlomlashtirish muassasalarida, yongʻin chiqish xavfi boʻlgan joylarda, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida va boshqa jamoat joylarida, shu jumladan jamoat transportida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish, bundan tamaki mahsulotini isteʼmol qilish uchun maxsus ajratilgan joylar va (yoki) xonalar mustasno, —

bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Havo kemalarida tamaki mahsulotini isteʼmol qilish, —

bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.