Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 56-modda
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oz miqdorda gʻayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish
Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini oʻtkazish maqsadini koʻzlamay oz miqdorda gʻayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki joʻnatish, —
giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan ikki baravarigacha miqdorda jarima solishga yoxud giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni yoki ularning analoglarini musodara qilib, oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoq jazosiga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish