Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 51⁷-modda
Saylovga yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish va saylov yoki referendum oʻtkazish jarayonida axborot hamda tashviqot materiallarini qasddan yoʻq qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish
Binolarga, inshootlarga yoki boshqa joylarga joylashtirilgan axborot, tashviqot materiallarini saylovga yoki referendumga tayyorgarlik koʻrish va saylov yoki referendum oʻtkazish jarayonida qasddan yoʻq qilib yuborish yoki ularga qasddan shikast yetkazish, —
bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish