Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 49⁴-modda
Xorijiy ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish
Xorijiy ishchi kuchini Oʻzbekiston Respublikasiga jalb qilish va undan foydalanish tartibini buzish, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish