Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 47⁸-modda
Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashashni targʻib qilish
Ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin boʻlib yashashni targʻib qilish, ushbu mazmundagi qarashlarni, gʻoyalarni yoki chaqiriqlarni tarqatish, shuningdek bunday xatti-harakatlarni ragʻbatlantirish, —
bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish