Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 5-modda
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakolatlari
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi ixtiyoriga beriladi:
jamoat tartibini saqlash masalalari boʻyicha, basharti bu masalalar ushbu Kodeks bilan tartibga solinmagan boʻlsa, shuningdek tabiiy ofatlar va epidemiyalarga qarshi kurash masalalari boʻyicha maʼmuriy javobgarlik belgilash;
ushbu Kodeksning 90, 109, 110, 161-moddalariga, 164-moddasining ikkinchi qismiga, 168-moddasiga binoan buzilishi maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladigan qoidalarni belgilash.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish