Chet el oila huquqi normalarining mazmunini aniqlash
Sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi va boshqa organlar chet el oila huquqining normalarini qoʻllashda mazkur normalarning mazmunini ularning tegishli chet el davlatida rasmiy sharhlanishi va amaliyotda qoʻllanilishiga muvofiq tarzda aniqlaydi.
Sud, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va boshqa organlar chet el oila huquqi normalarining mazmunini aniqlash maqsadida yordam va tushuntirish olish uchun belgilangan tartibga rioya qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlarlariga murojaat qilishlari yoxud ekspertlarni jalb etishlari mumkin.
Manfaatdor shaxslar talab yoki eʼtirozlarini tasdiqlash uchun oʻzlari asoslanayotgan chet el oila huquqi normalarining mazmunini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishga va chet el oila huquqi normalarining mazmunini aniqlash maqsadida sudga va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari va oʻzga organlarga boshqa tarzda yordam berishga haqlidir.
Agar ushbu moddaga muvofiq amalga oshirilgan choralarga qaramay, chet el oila huquqi normalarining mazmuni aniqlanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi qoʻllaniladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish