Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 236-modda

Nikohdan ajratish

Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi, shuningdek chet el fuqarolari oʻrtasidagi nikohdan ajratish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashab turgan eri (xotini) bilan tuzilgan nikohdan, mazkur shaxs qaysi davlat fuqarosi ekanligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi sudida ajralishga haqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida nikohdan ajralish mumkin boʻlgan hollarda bunday nikohdan ajralish Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalarida yoki konsullik muassasalarida amalga oshirilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi nikohdan ajratish Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tegishli chet el davlatining qonunchiligiga rioya etilgan holda amalga oshirilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida chet el fuqarolari oʻrtasidagi nikohdan ajratish tegishli chet el davlatining qonunchiligiga rioya etilgan holda amalga oshirilgan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etiladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.