Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 235-modda

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tuzilgan nikohlarni eʼtirof etish

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida, boshqa davlat hududida oʻsha davlatning qonunchiligiga rioya qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari oʻrtasida tuzilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar oʻrtasida tuzilgan nikohlar, agar ushbu Kodeksning 16-moddasida nazarda tutilgan nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida chet el fuqarolari oʻrtasida boshqa davlat hududida oʻsha davlatning qonunchiligiga rioya qilingan holda tuzilgan nikohlar Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etiladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.