Maxsus huquqdan mahrum qilish
Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qoʻllaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati oʻn besh kundan kam boʻlmasligi kerak, bundan ushbu Kodeksning 34¹-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga nisbatan transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qoʻllanilishi mumkin emas, ushbu Kodeks 131-moddasining birinchi qismida, 136-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etilgan hollar bundan mustasno.
Asosiy tirikchilik manbai ovchilik boʻlgan shaxslarga nisbatan ov qilish huquqidan mahrum etish chorasi qoʻllanilishi mumkin emas.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish