Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 231-modda

Tugʻilish, nikoh tuzish va nikohdan ajralish toʻgʻrisidagi yozuvlarni tiklash

Tugʻilish, nikoh tuzish, nikohdan ajralish haqidagi dalolatnomalar yozuvlari bu yozuvlar kimga nisbatan tuzilgan boʻlsa, faqat ana shu shaxslarning arizasiga koʻra tiklanadi.

Agar oʻn olti yoshgacha boʻlgan bolaning tugʻilishi haqidagi yozuv yoʻqolgan boʻlsa, yozuv bolaning ota-onasi, vasiysi, homiysi, bolalar muassasasi maʼmuriyatining arizasiga binoan tiklanadi.

Yozuvni tiklashdan manfaatdor taraflar oʻrtasida nizo boʻlsa, yozuvni tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga asosan amalga oshiriladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.