Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
Maʼmuriy javobgarlikADMIN_LIABILITY · 24¹-modda

Maʼmuriy ogohlantirish

Maʼmuriy ogohlantirish maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida ogohlantirgan holda unga rasmiy tanbeh berishdan iboratdir.

Maʼmuriy ogohlantirish yozma (elektron) ravishda qoʻllaniladi.

Maʼmuriy ogohlantirish ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 128¹, 128², 128⁶, 135¹-moddalarida xamda 138-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan shaxs oʻz qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlganda, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmagan taqdirda, maʼmuriy jazo chorasini koʻllashga vakolatli organ (mansabdor shaxs) tomonidan qoʻllaniladi.

Maʼmuriy ogohlantirish jazo chorasi ayni bir shaxsga nisbatan bir yil davomida bir martadan ortiq qoʻllanilishi mumkin emas.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.