OilaFAMILY · 226-modda
Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish haqidagi arizalarni koʻrib chiqish tartibi
Familiyani, ismni va otaning ismini oʻzgartirish haqidagi arizalar ariza beruvchi oʻn olti yoshga toʻlgandan keyin fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan, ushbu shaxsning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joydan qatʼi nazar, koʻrib chiqiladi.
Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi xulosa ichki ishlar organlari tomonidan ushbu shaxs tegishlicha tekshiruvdan oʻtkazilgandan keyingina tuzilishi mumkin.
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining familiya, ism va ota ismini oʻzgartirishni rad etganligi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish