Familiya, ism va ota ismini oʻzgartirish oqibatlari
Familiya, ism va ota ismi oʻzgartirilganda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish daftarlari yozuvlariga tegishli oʻzgartishlar kiritadi.
Er (xotin)ning familiyasi oʻzgartirilishi (unga nisbatan otalik belgilanganda ham) xotin (er)ning hamda uning voyaga yetgan bolalari familiyasini oʻzgartirishga sabab boʻlmaydi.
Ota-ona har ikkalasining familiyasi oʻzgartirilganda ularning oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari familiyasi ham oʻzgartiriladi.
Agar ota-onadan biri oʻz familiyasini oʻzgartirsa, ularning oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalari familiyasini oʻzgartirish masalasi ota-onaning kelishuviga binoan, bunday kelishuv boʻlmaganda esa, vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal etiladi.
Ota ismining oʻzgartirilishi uning oʻn olti yoshga toʻlmagan bolalarining ota ismi albatta oʻzgartirilishiga sabab boʻladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish