Oʻlimni qayd etish tartibi
Oʻlimni qayd etish marhumning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan joyidan qatʼi nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqaroni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi sudning hal qiluv qaroriga asosan oʻlimni qayd etish sudning mazkur qarorida koʻrsatilgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan amalga oshiriladi. Agar sudning hal qiluv qarorida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi koʻrsatilmagan boʻlsa, oʻlimni qayd etish ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Hayotining birinchi haftasi davomida oʻlgan bolalarning tugʻilganligi va oʻlimi tibbiy muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organida qayd etiladi.
Oʻlim sodir boʻlganligi haqidagi ariza oʻlim sodir boʻlgan kuni yoki murda topilgach, uch kundan kechiktirmay berilishi zarur.
Oʻlimni fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida qayd etmasdan marhumni dafn qilish taqiqlanadi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish