OilaFAMILY · 221-modda
Nikohdan ajralganlik toʻgʻrisida guvohnoma. Hujjatlarga qoʻyiladigan belgilar
Nikohdan ajralish qayd etilganidan keyin sobiq er-xotinning har biriga nikohdan ajralganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Er-xotindan birining familiyasi oʻzgartirilganda, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga uni almashtirish lozimligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi.
Nikohdan ajralishni qayd etgan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi nikoh qayd etilgan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga nikoh tugatilganligi haqida belgi qoʻyish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish