OilaFAMILY · 219-modda
Er-xotindan birining arizasi boʻyicha nikohdan ajralishni qayd etish
Er-xotindan birining arizasi boʻyicha nikohdan ajralishni qayd etish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga quyidagilar taqdim etiladi:
er (xotin)ning muomalaga layoqatsiz yoxud bedarak yoʻqolgan deb topilganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori;
er (xotin) uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmidan koʻchirma, shuningdek sudlangan er (xotin)ning oʻrtadagi bolalari va mol-mulki yuzasidan nizosi yoʻqligi toʻgʻrisidagi tilxat.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish