Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 165-modda

Farzandlikka olishning huquqiy oqibatlari

Farzandlikka olingan bolalar barcha shaxsiy va mulkiy huquqlarda farzandlikka oluvchining oʻz bolalariga tenglashtiriladi.

Farzandlikka olinganlar va ularning ota-onasi (ota-ona qarindoshlari) bir-birlariga nisbatan shaxsiy va mulkiy huquqlarni yoʻqotadilar hamda oʻzaro majburiyatlardan ozod boʻladilar.

Bola bitta shaxs tomonidan farzandlikka olingan taqdirda, uning manfaatlarini koʻzlab, bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar farzandlikka oluvchi erkak boʻlsa, onasining iltimosiga koʻra yoki, agar farzandlikka oluvchi ayol boʻlsa, otasining iltimosiga koʻra saqlanib qolishi mumkin.

Agar farzandlikka olinayotgan bolaning otasi yoki onasi vafot etgan boʻlsa, vafot etgan otaning yoki onaning ota-onasi (buva yoki buvi) iltimosiga koʻra bolaning shaxsiy nomulkiy hamda mulkiy huquq va majburiyatlari, agar bolaning eng ustun manfaatlari shuni talab etsa, vafot etgan otasining yoki onasining qarindoshlariga nisbatan saqlanib qolishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.