OilaFAMILY · 120-modda
Er va xotinni bir-birlariga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilish yoki bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklash
Sud quyidagi hollarda:
agar er-xotin nikohda qisqa vaqt mobaynida boʻlgan boʻlsa;
agar oʻz taʼminoti uchun mablagʻ toʻlanishini talab qilayotgan er yoki xotinning noloyiq xulq-atvori tufayli nikohdan ajratilgan boʻlsa;
agar yordamga muhtoj er yoki xotinning mehnatga layoqatsiz boʻlib qolishi uning spirtli ichimliklarni, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni suiisteʼmol qilishi yoki qasddan jinoyat sodir etishi oqibatida yuz bergan boʻlsa, er (xotin)ni yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz xotin (er)ga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilishi yoxud bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklab qoʻyishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish