OilaFAMILY · 160-modda
Ota-onaning roziligisiz farzandlikka olish
Farzandlikka olish quyidagi hollarda:
ota-onaning kimligi nomaʼlum boʻlsa;
ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilingan boʻlsa;
ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yoʻqolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan boʻlsa;
ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan boʻlsa, ota-onaning roziligisiz amalga oshiriladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish