Nikohdan ajralganidan keyin sobiq er (xotin)ning taʼminot olish huquqi
Yetarli mablagʻga ega boʻlgan sobiq er (xotin)dan:
sobiq xotin homiladorlik davrida va oʻrtada bola tugʻilgan kundan boshlab uch yil davomida;
oʻrtadagi nogironligi boʻlgan bolani u oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar parvarishlashni yoki bolalikdan I guruh nogironligi boʻlgan bolani parvarishlashni amalga oshirgan, yordamga muhtoj boʻlgan sobiq xotin (er);
nikohdan ajralgunga qadar yoki nikohdan ajralgan paytdan boshlab bir yil davomida mehnatga layoqatsiz boʻlib qolgan yordamga muhtoj sobiq xotin (er);
nikohdan ajralgan paytdan boshlab besh yil ichida pensiya yoshiga yetgan yordamga muhtoj xotin (er), agar er-xotin uzoq vaqt nikohda turishgan boʻlsa, sud tartibida aliment talab qilish huquqiga egadir.
Nikohdan ajralgandan keyin sobiq er yoki xotinga toʻlanadigan aliment miqdori va uni toʻlash tartibi sobiq er-xotin oʻrtasidagi kelishuv bilan belgilanishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish