Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 203-modda

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi organlar

Fuqarolik holati dalolatnomalari tuman va shaharlarda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarida qayd etiladi, shaharcha, qishloq va ovullarda esa, oʻlim — fuqarolar yigʻini raislari tomonidan ham qayd etilishi mumkin.

Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining oʻlimni roʻyxatga olish borasidagi harakatlari oʻzlari joylashgan hududlardagi tegishli fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimlarining nazorati ostida boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasining chet elda doimiy yoki vaqtincha yashovchi fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalari konsul tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq qayd etiladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.