Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 202-modda

Gerbli guvohnomalar

Fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari asosida himoyalanganlik darajasiga ega boʻlgan, maʼlum seriyasi, tartib raqami boʻlgan, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organining muhri va mansabdor shaxsning imzosi qoʻyilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi hamda QR-kod (matrik shtrixli kod) tasviri tushirilgan guvohnomalar beriladi.

Gerbli guvohnoma berishda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari qonunda belgilangan tartibda va miqdorda davlat bojini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorda gerb yigʻimini undiradi.

Davlat gerbi tasvirlangan guvohnomani qalbakilashtirish qonunga binoan taʼqib etiladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.