Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 115-modda

Sudning bir necha hal qiluv qarorlari boʻyicha undiriladigan aliment miqdorini belgilash

Boshqa-boshqa ota-onadan tugʻilgan voyaga yetmagan bolalar uchun sudning bir necha hal qiluv qarorlariga asosan bir ota (ona)dan undirilayotgan alimentning umumiy miqdori ushbu Kodeksning 99-moddasida nazarda tutilgan miqdordan oshib ketsa, aliment toʻlovchi ota (ona) aliment toʻlash haqidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrugʻi kimning foydasiga chiqqan boʻlsa, oʻsha shaxslarning har biriga nisbatan alimentning miqdorini tegishincha kamaytirish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etishi mumkin.

Sud sudlarning barcha hal qiluv qarorlariga binoan toʻlanishi lozim boʻlgan, ushbu Kodeks 99-moddasida belgilangan aliment miqdoridan kelib chiqqan holda, bolalarga nisbatan sudlarning hal qiluv qarorlari mavjud boʻlsa, ularning har biriga tegishli boʻlgan alimentning teng ulushdagi yangi miqdorini belgilaydi.

Alimentning miqdorini kamaytirishga asos boʻlgan holatlar tugagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalari uchun aliment oluvchi shaxs ushbu Kodeksning 99-moddasida koʻrsatilgan miqdorda aliment undirish toʻgʻrisida daʼvo bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.