Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 196-modda

Bolalarni oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuvning bekor qilinishi

Bolalarni tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuv uzrli sabablar (kasalligi, oilaviy yoki mulkiy mavqeyining oʻzgarishi, tarbiyasidagi bolalar bilan oʻzaro bir-birini tushunmaslik va boshqa sabablar) mavjud boʻlsa, bolalarning tutingan ota-onasi tashabbusi bilan, shuningdek vasiylik va homiylik organlarining tashabbusi bilan yoki bola ota-onasiga qaytarilgan yoxud bola farzandlikka olingan taqdirda muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin.

Bolalarni oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuvni bekor qilishga oid nizolar sud tartibida hal qilinadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.