Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 195-modda

Bolalarni oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuv

Bolalarni oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuv vasiylik va homiylik organlari bilan tutingan ota-ona oʻrtasida tuziladi.

Bolalarni oilaga tarbiyaga olish toʻgʻrisidagi kelishuvda bolalarni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish, tarbiyaga olgan tutingan ota-onaning huquq va majburiyatlari, vasiylik va homiylik organlarining bolalarni tarbiyaga olgan oilaga nisbatan majburiyatlari, shuningdek bunday kelishuvni bekor qilish asoslari va oqibatlari koʻrsatilishi kerak.

Kelishuv tuzilishidan oldin bolani tarbiyaga olayotgan shaxsning turmush shart-sharoitlari va oila aʼzolarining sogʻligʻi tekshiriladi.

Bolalarni oilaga tarbiyaga berishda vasiylik va homiylik organlari ularga bir yoʻla kiyim-bosh va poyabzal beradi, bolani oilaga tarbiyaga olgan shaxsga esa, oilaga tarbiyaga olingan bolaning taʼminoti uchun qonunchilikda belgilangan miqdorda har oyda nafaqa toʻlab turadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.