Farzandlikka olish
Farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning eng ustun manfaatlarini koʻzlab yoʻl qoʻyiladi.
Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga koʻra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bolaning eng ustun manfaatlariga toʻgʻri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan koʻrib chiqiladi.
Aka-ukalar va opa-singillarni turli shaxslar tomonidan farzandlikka olishga yoʻl qoʻyilmaydi, farzandlikka olish bolalarning eng ustun manfaatlariga muvofiq kelgan hollar bundan mustasno.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish