Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 150-modda

Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirish

Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar oila (farzandlikka olinishi, vasiylik, homiylik belgilanishi yoki tutingan oila)ga berilishi, bunday imkoniyat boʻlmaganda esa, yetim bolalar yoxud ota-onalar qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun tayinlangan muassasalar (tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga oʻxshash boshqa muassasalar)ga tarbiyaga berilishi lozim.

Ota-onasi qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan oilaga yoki muassasalarga tarbiyalash uchun joylashtirish masalasi hal boʻlgunga qadar vasiylik (homiylik) majburiyatlarini bajarish vaqtincha vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.