Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 145-modda

Aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs chet davlatga ketayotganida aliment toʻlanishi

Aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs doimiy yashash uchun yoki uch oydan ortiq muddatga chet davlatga ketayotganida qonunga muvofiq oʻzi taʼminot berishi lozim boʻlgan aliment oluvchilar bilan ushbu Kodeksning 130—134-moddalariga asosan aliment toʻlash toʻgʻrisida kelishuv tuzishi shart.

Aliment toʻlash toʻgʻrisida kelishuvga erishilmagan taqdirda manfaatdor shaxs aliment miqdorining pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada belgilanishi va alimentni bir yoʻla toʻlash toʻgʻrisida yoki aliment evaziga muayyan mol-mulkni berish yoxud alimentni boshqa usulda toʻlash toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqli.

Voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlar oldindan toʻlangan yoki aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash uchun garov shartnomasi tuzilgan boʻlsa, shaxs aliment toʻlash toʻgʻrisida kelishuv tuzish majburiyatidan ozod etiladi.

Alimentlarni oldindan toʻlash, shuningdek aliment toʻlash majburiyatini taʼminlash boʻyicha garov shartnomasini tuzish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.