Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 139-modda

Aliment qarzini undirish

Aliment qarzi aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadidan undiriladi. Ish haqi va (yoki) boshqa daromad yetarli boʻlmaganda, aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning banklar va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻidan, tijorat va tijoratchi boʻlmagan tashkilotlarga shartnoma asosida oʻtkazilgan pul mablagʻidan undiriladi, mulk huquqining oʻtishiga olib keluvchi shartnomalar bundan mustasno. Bu mablagʻ yetarli boʻlmaganda undirish aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning qonun boʻyicha undirish qaratilishi mumkin boʻlgan har qanday mol-mulkiga qaratiladi.

Undirish aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning hisobvaraqlaridagi pul mablagʻiga va uning boshqa mol-mulkiga qonunchilikda belgilangan tartibda qaratiladi.

Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv yoki ijro varaqasi asosida oʻtgan davrdagi aliment qarzi ijro varaqasi yoki aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv aliment undirish uchun taqdim qilingunga qadar oʻtgan uch yildan ortiq boʻlmagan muddat uchun undiriladi.

Alimentlar ijro varaqasi yoki aliment toʻlash toʻgʻrisidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuv boʻyicha aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning aybi bilan undirilmagan boʻlsa, alimentlar ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan uch yillik muddatdan qatʼi nazar, oʻtgan barcha vaqt uchun undiriladi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.