Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 135-modda

Alimentni ixtiyoriy toʻlash

Aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan yoki oʻz arizasiga muvofiq ishlab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi mablagʻ olayotgan joyida toʻlanadi.

Voyaga yetmagan bolalar uchun olinadigan aliment arizaga muvofiq ushbu Kodeksning 99-moddasida belgilangan miqdorlarda ushlab qolinadi.

Voyaga yetmagan bolalar taʼminoti uchun alimentlar bola voyaga yetguniga qadar boʻlgan davr uchun, shu jumladan koʻchmas yoki koʻchar mulk yoxud boshqa qimmatli ashyoni berish yoʻli bilan oldindan toʻlanishi mumkin.

Alimentning ixtiyoriy ravishda toʻlab turilishi aliment undiruvchini aliment undirish haqidagi daʼvo yoki ariza bilan xohlagan vaqtda sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.