Alimentni sud tartibida undirish
Aliment olish huquqiga ega boʻlgan shaxs, aliment talab qilish huquqi vujudga kelganidan soʻng qancha muddat oʻtganidan qatʼi nazar, xohlagan vaqtda aliment undirish toʻgʻrisidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
Mazkur shaxs, nizo boʻlmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli boʻlib, bu ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida koʻrib chiqiladi.
Aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undiriladi.
Agar taʼminot uchun mablagʻ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar koʻrilganligi, ammo aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning uni toʻlashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, oʻtgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish