Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 96-modda

Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish majburiyati

Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berishi shart.

Voyaga yetmagan bolalariga taʼminot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona)dan sudning hal qiluv qaroriga yoki sud buyrugʻiga asosan aliment undiriladi.

Voyaga yetmagan bolalarga aliment toʻlash haqida ota-ona oʻrtasida kelishuv boʻlmaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda toʻlanmaganda va ota-onadan birortasi ham aliment undirish toʻgʻrisida sudga daʼvo yoxud ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek oʻn toʻrt yoshga toʻlgan bola voyaga yetmagan bolaning taʼminoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatishga haqlidir.

Ota-ona va bola alohida-alohida yashagan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek oʻn toʻrt yoshga toʻlgan bola bir vaqtning oʻzida ota va onadan voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun aliment undirish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.