Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 105-modda

Aliment miqdorini kamaytirish yoki aliment toʻlashdan ozod qilish

Aliment toʻlayotgan ota-onaning boshqa voyaga yetmagan bolalari boʻlib, undan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirilganda oʻsha bolalar aliment olayotgan bolalarga nisbatan moddiy jihatdan kamroq taʼminlanib qoladigan boʻlsa, shuningdek aliment toʻlayotgan ota (ona) nogironligi boʻlgan shaxs boʻlib, moddiy jihatdan qiynalib kelayotgan boʻlsa yoki aliment olayotgan shaxs mustaqil daromadga ega boʻlgan taqdirda, aliment miqdori sud tomonidan kamaytirilishi mumkin.

Agar voyaga yetmagan bola davlat yoki nodavlat muassasalarining toʻliq taʼminotida boʻlsa, sud aliment toʻlayotgan ota yoki onaning moddiy ahvolini hisobga olib, toʻlanayotgan aliment miqdorini kamaytirish yoki uni aliment toʻlashdan ozod qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin.

Aliment miqdorini kamaytirish yoki uni toʻlashdan ozod qilish uchun asos boʻlgan holatlar tugaganda manfaatdor taraf aliment qonunda belgilangan miqdorda undirilishini talab qilib, sudga murojaat etishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.