Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvga binoan aliment toʻlash usullari va tartibi
Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha aliment toʻlash usullari va tartibi shu kelishuv bilan belgilanadi.
Alimentlar: aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan ulushlarda; vaqti-vaqtida pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada; bir yoʻla pul bilan toʻlanadigan qatʼiy summada; mol-mulk bilan yoki kelishuvda qayd etilgan boshqa usullarda toʻlanishi mumkin.
Aliment toʻlash haqidagi kelishuvda aliment toʻlashning turli usullarini birga qoʻshib qoʻllash nazarda tutilishi mumkin.
Aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuv boʻyicha toʻlanadigan aliment miqdorini indeksatsiya qilish shu kelishuvga muvofiq amalga oshiriladi. Agar aliment toʻlash toʻgʻrisidagi kelishuvda indeksatsiya qilish tartibi koʻrsatilmagan boʻlsa, indeksatsiya ushbu Kodeksning 144-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish