OilaFAMILY · 128-modda
Oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlarning oʻgay ota va oʻgay onaga taʼminot berish majburiyati
Mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj oʻgay ota va oʻgay onaning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari boʻlmasa yoxud ulardan taʼminot uchun mablagʻ ololmasa, ularga taʼminot berish majburiyati oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizlar zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Agar oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizni oʻgay ota va oʻgay ona besh yildan kam vaqt davomida tarbiyalagan va taʼminot bergan boʻlsa, shuningdek ular oʻz majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan boʻlsa, sud oʻgay oʻgʻil va oʻgay qizni oʻgay otasi va oʻgay onasiga taʼminot berish majburiyatidan ozod qilishga haqli.
Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?
Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.
Savol berish