Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 89-modda

Bolalarni tarbiyalash bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sudning hal qiluv qarorlarini ijro etish

Bolalarni tarbiyalash bilan bogʻliq ishlarga doir sudning hal qiluv qarorlari qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ijrochisi tomonidan ijro qilinadi.

Agar ota-ona (bolani oʻz qaramogʻiga olgan boshqa shaxs) sudning hal qiluv qarori ijro etilishiga toʻsqinlik qilsa, unga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan choralar qoʻllaniladi.

Bolani olish va uni boshqa shaxs (shaxslar)ga berish bilan bogʻliq sudning hal qiluv qarorlarini majburiy tartibda ijro etish albatta vasiylik va homiylik organining hamda bola tarbiyalashga berilayotgan shaxs ishtirokida, zarur hollarda esa, ichki ishlar organi vakili ishtirokida amalga oshirilishi lozim.

Sudning bolani olish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorini bolaning eng ustun manfaatlariga zarar yetkazilmagan tarzda ijro etishning imkoni boʻlmaganda, bola sudning ajrimiga koʻra tarbiyalash muassasasiga, davolash muassasasiga, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasiga yoki shunga oʻxshash boshqa muassasaga vaqtincha joylashtirilishi mumkin.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.