Asosiy kontentga oʻtish
Yurideks
KirishRoʻyxatdan oʻtish
← Qonun toʻplamiga qaytish
OilaFAMILY · 126-modda

Doimiy tarbiyada boʻlganlarning oʻz tarbiyachilariga taʼminot berish majburiyati

Mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari boʻlmagan yoxud ulardan taʼminot uchun mablagʻ ololmaydigan, amalda ularni tarbiyalaganlarga taʼminot berish majburiyati ularning doimiy tarbiyasi va taʼminotida boʻlgan shaxslar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday majburiyat vasiylikda (homiylikda) turgan shaxslar zimmasiga yuklatilmaydi.

Sud tarbiyada boʻlganlarni, agar ular tarbiyachilarning tarbiyasi va taʼminotida besh yildan kam turgan boʻlsa, ushbu moddada koʻrsatilgan majburiyatdan ozod qilishga haqli.

Bu sizning vaziyatingizga tegishlimi?

Nima boʻlganini tasvirlab bering, Yurideks sizga muhim moddalarni koʻrsatadi.

Savol berish
Yurideks

Har bir insonning himoyalanish huquqi bor.